Iqtisodiyot va pedagogika universiteti – talabalar uchun ochiq imkoniyatlar

O‘zbekiston 10:57 / 13.05.2024 8091

O‘zbekistondagi universitetlarning aksariyati poytaxtda joylashgan. Viloyatlarda ham talabalarga sifatli ta’lim beradigan oliy ta’lim muassassalari bor. Bulardan biri Qarshi shahrida joylashgan Iqtisodiyot va pedagogika universiteti. Bu OTM viloyatdagi eng katta nodavlat ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.

Iqtisodiyot va pedagogika universitetida bugungi kunda 12342 nafar talaba 12 ta ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim oladi. Universitetning ilmiy salohiyati 38 foizini tashkil qiladi.

2022 yildan faoliyat boshlagandayoq yosh, ilmiy salohiyati yuqori kadrlarni ishga olish maqsad qilingan. Har bir professor-o‘qituvchi bir yillik shartnoma asosida ishga olinadi va qo‘yilgan talablar doirasida tasdiqlangandan keyin shartnoma muddati uzaytiriladi. Hozirda 170 nafar tajribali professor-o‘qituvchilar dars bermoqda. Ta’lim muassasasida Malayziya, Bolgariya, Ozarboyjon, Turkiya, Indoneziya, Portugaliya kabi davlatlarning 14 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti O‘zbekiston ilmiy tadqiqotlar milliy bazasi - IPU ScienceWeb’da respublikadagi OTMlar orasida Scopus, Web of science, Google scholar xalqaro bazalarida nashrlar soni H-indeks bo‘yicha 1-o‘rinda turibdi.

Oliygohning 7 nafar o‘qituvchisi “Bir million dasturchi” loyihasi IT-sertifikatini qo‘lga kiritgan va ayni paytda “Ustoz-shogird” tamoyili bo‘yicha 106 nafar talabalarni tayyorlab sertifikatga ega bo‘lishlarida hissa qo‘shishdi. Bundan tashqari til sertifikatini olish uchun intilayotgan talabalarning imtihon xarajatlari universitet tomonidan to‘lab beriladi.

Talabalarni rag‘batlantirish maqsadida turli stipendiyalar, grantlar joriy qilingan bo‘lib, yangi o‘quv yilida 100 nafar talabalarga grant asosida o‘qish imkoniyati beriladi.

2024-2025 yilidan oliy ta’lim muassasasi 25ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi, 4ta magistratura yo‘nalishi mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarni o‘qishga qabul qiladi.

Viloyatda universitetning 3 ta o‘quv binosi faoliyat yuritadi:

Qarshi shahri “Ravog‘” MFY, Islom Karimov ko‘chasi, 62-uy.

Qarshi shahri “Bog‘ishamol” MFY, Amir Chorbog‘ ko‘chasi, 2-uy.

Qarshi shahri “Batosh” MFY, Beshkent yo‘li ko‘chasi, 81-uy.

Sayt Instagram | Telegram 

Murojaat uchun: +998 78 113 19 19
🗂 Onlayn hujjat topshirish: https://ipu.educon.uz/
Yo‘nalishlar : https://t.me/ipuedu_uz/1598

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: