Toshkentda Malibu urib yuborgan piyoda vafot etdi

Jamiyat 17:44 / 11.05.2024 17724

Mirzo Ulug‘bek tumanida inson o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 11 may kuni soat 4:00 atrofida 20 yoshli yigit Malibu avtomashinasini boshqarib ketayotib, Mirzo Ulug‘bek tumani Feruza ko‘chasi Oqtepa lavash binosi qarshisida 45 yoshli erkakni urib yuborgan. YTH oqibatida piyoda voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Shahrisabzda Damas 1-sinf o‘quvchisini bosib ketgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: