«BMT ayollar» tuzilmasi O‘zbekistonning gender tenglikni ta’minlash say’-harakatlariga yuqori baho berdi

O‘zbekiston 21:27 / 10.05.2024 3049

«BMT ayollar» tuzilmasining O‘zbekiston bo‘yicha vakili Jyeren Guven O‘zbekiston hukumatiga mamlakatda gender tengligi hamda ayollar va qizlar huquqlarini ta’minlash borasidagi say’-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi. 

«O‘zbekiston hukumatiga mamlakatda gender tengligi hamda ayollar va qizlar huquqlarini ta’minlash borasidagi sadoqati uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Osiyo ayollar forumining O‘zbekiston hukumati tomonidan muvofiqlashtirilgani tahsinga loyiq, bu uning mintaqada gender tengligi va xotin-qizlar huquqlarini kengaytirish borasidagi yetakchiligini ko‘rsatmoqda. Biz O‘zbekistonda gender tengligi va ayollar huquqlarini kengaytirish borasidagi ijobiy o‘zgarishlarni mamnuniyat bilan qayd etamiz, bu esa yanada inklyuziv va teng huquqli jamiyat yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir. BMT Ayollar tashkiloti O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga to‘liq sodiq qoladi va biz Osiyo ayollar forumiga texnik ko‘mak ko‘rsatganimizdan faxrlanamiz», dedi Guven xonim. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, «BMT Ayollar» tashkiloti O‘zbekiston bilan ayollar va qizlarning farovonligi yo‘lida hamkorlikni davom ettirishga intiladi va mamlakat bilan hamkorlikni mustahkamlashda davom etadi. 

Ko‘proq yangiliklar: