Hisor qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga qizil sug‘ur muhrlandi

O‘zbekiston 11:32 / 08.05.2024 4637

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga qarashli Hisor davlat qo‘riqxonasining Qizilsuv uchastkasi hududida o‘rnatilgan fotoqopqonga qizil sug‘ur muhrlandi.

Qizil yoki uzun dumli sug‘ur Hisor tizmasida keng tarqalgan. Vazni 9 kg, tana uzunligi esa 37-80 smga yetadi. 

Kuzatishlar natijalariga ko‘ra, qizil sug‘ur Hisor qo‘riqxonasining G‘yelon, Miraki, Tanxozdaryo va Qizilsuv bo‘limlarida uchrashi aniqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: