1 iyundan boshlab Nukus shahridan Qozog‘istonning Olmaota shahriga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.
Qayd qilinishicha, parvozlar haftaning chorshanba va shanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
- Nukusdan jo‘nab ketish mahalliy vaqt bilan soat 10:05;
- Olmaotaga yetib borish mahalliy vaqt bilan soat 12:15;
- Olmaotadan jo‘nab ketish soat 13:15;
- Nukusga yetib kelish soat 15:45.
Bir tomonga aviachipta narxi 1 mln 64 ming so‘mdan, Nukus–Olmaota–Nukus yo‘nalishi bo‘yicha esa 1 mln 849 ming so‘mdan boshlanadi.