Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 775 mln dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qildi
O‘zbekiston 55 ta davlatga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
O‘zbekiston 2024 yilning yanvar-mart oylarida qiymati 775,7 mln AQSh dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich umumiy eksportning 12,2 foizini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,9 foizga oshgan.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (37,7 foiz), kalava-ip (46,8 foiz) asosiy ulushni egallagan.
2024 yilning yanvar-mart oylarida dunyoning 55 ta davlatiga to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.
To‘qimachilik mahsulotlari tarkibida:
- kalava-ip – 363,4 mln;
- tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 292,5 mln;
- trikotaj mato – 69 mln;
- gazlamalar – 39,3 mln;
- paypoq mahsulotlari – 11,5 mln dollar.
Mavzuga oid
01:25 / 07.11.2025
AQSh O‘zbekistonga paxta yetkazib beradi
14:04 / 29.10.2025
To‘qimachilik umumiy eksportning 6,9 foizini ta’minladi
12:38 / 29.10.2025
Afg‘onistonda o‘zbek to‘qimachilik quvvatlarini qayta tiklashga start berildi
14:40 / 28.10.2025