Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi

Jamiyat 12:34 / 05.05.2024 3365

Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 35 yoshli ayol O.S. IIBga murojaat qilib, nomiga noma’lum sabablarga ko‘ra 15 mln 970 ming so‘m onlayn kredit rasmiylashtirilganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 23 yoshli ayol R.M. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan R.M., jabrlanuvchi O.S.ga o‘zini "Maqsuda" deb tanishtirib, mahallada ishlashini hamda bir martalik moddiy yordam puli olishda yordam qilishini aytgan.

So‘ng uning bank mobil ilovasi orqali 15 mln 970 ming so‘m miqdorda onlayn kredit rasmiylashtirgan va o‘sha vaqtning o‘zida o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olib, o‘zlashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan R.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: