O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Xitoydagi vatandoshlar ishtirokida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, unda Xitoydagi fuqarolarning huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish, ular duch kelayotgan masalalarni tezkor hal etish maqsadida mezbon mamlakat huquqni muhofaza qilish idoralari bilan uzviy hamkorlik aloqalari o‘rnatilgani ta’kidlandi.
O‘z navbatida, vatandoshlar "konsalting" xizmatlarini ko‘rsatish niqobi ostidagi fuqarolarning chet elga o‘qishga va ishga jo‘natish bilan bog‘liq firibgarlik holatlaridan ehtiyot bo‘lishga chaqirildi.
O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari tomonidan chet ellardagi vatandoshlarni qo‘llab–quvvatlash, ularga huquqiy maslahat berish va yordam ko‘rsatish, terrorizm, ekstremizm g‘oyalari ta’siridan himoyalash hamda turli noqonuniy faoliyat bilan bog‘liq xavflardan ogohlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilayotgani qayd etildi.
Barcha vatandoshlar, ogohlik va hushyorlikni yanada oshirishga, sodir bo‘layotgan hodisalarga befarq bo‘lmaslikka da’vat etildi.