Xitoy Oyning orqa tomonidan tuproq yig‘ish uchun zond uchirdi

Jahon 19:54 / 04.05.2024 4040

Xitoy tarixda birinchi marta Oyning orqa tomonidan tuproq namunalarini yig‘ib, ularni Yerga yetkazishi kerak bo‘lgan «Chan’e-6» zondini muvaffaqiyatli uchirdi. 

Raketa Xitoyning Haynan orolidagi Venchan markazidan koinotga parvoz qildi. Xitoy telekanallari jarayonni translatsiya qildi. 

Rejaga ko‘ra, iyun oyi boshida vazni 8 tonnadan ortiq bo‘lgan Xitoy zondi Oyning orqa tomonidagi Janubiy qutb - Eytken havzasida joylashgan Apollon krateriga qo‘nishi kerak. Shundan so‘ng zond 2 kilogramm tuproq namunasini yig‘adi va tahlil qilish uchun Yerga qaytadi. Missiya 53 kun davom etishi kutilmoqda. 

Agar jarayon muvaffaqiyatli yakunlansa, Xitoy Oyning orqa tomonidan namuna olgan birinchi davlatga aylanadi, deb yozdi Reuters. 

«Chan’e-6», shuningdek, Xitoy va Rossiya boshchiligidagi Xalqaro Oy tadqiqot stansiyasini (ILRS) yaratish bo‘yicha uzoq muddatli loyihaning bir qismi hisoblanadi. Taxminlarga ko‘ra, stansiya koinotni chuqur tadqiq qilish bazasiga aylanadi.

Ko‘proq yangiliklar: