Toshkentda pul evaziga Kanadaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 

O‘zbekiston 07:34 / 04.05.2024 1368

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, fuqaro I.A. fuqaro B.O.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Kanada davlatiga ishga yuborishi va viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 1100 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: