Toshkentda ikkita mashina ishtirokidagi YTHda bir kishi jarohat oldi

Jamiyat 09:17 / 04.05.2024 2417

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, joriy yilning 2 may kuni soat 19:15 larda Chilonzor tumani Do‘mbirobod ko‘chasida 2 ta avtomashina ishtirokida YTH kuzatilgan.

Haydovchilar: 2005 yilda tug‘ilgan Sh.A. boshqaruvida bo‘lgan Tracker rusumli avtomashina va 1991 yilda tug‘ilgan K.I. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan.

YTH oqibatida Cobalt avtomashinasi haydovchisi tan jarohati olgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: