Singapurdan O‘zbekistonning qadimiy shaharlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslari tashkil etiladi

O‘zbekiston 11:44 / 04.05.2024 1683

Singapurda "O‘zbekiston: sivilizatsiyalar chorrahasi" deb nomlangan keng ko‘lamli roud-shou taqdimoti o‘tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Singapur tomonining alohida e’tibori O‘zbekistonning tarixiy, madaniy, ziyorat, qishki, gastronomik va ishbilarmonlik turizmi imkoniyatlariga qaratildi.

Roud-shou taqdimoti davomida, shuningdek, ikki davlat sayyohlik kompaniyalari vakillari o‘rtasida B2B shaklidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar natijasida singapurlik sayyohlar uchun O‘zbekistonga yangi turlarni tashkil etish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi. 

Shuningdek, yil oxirigacha Singapurdan O‘zbekistonning qadimiy shaharlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslarini tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: