5 may kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekiston 10:56 / 04.05.2024 3219

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15...+17 daraja, kunduzi +20...+22 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +12...+14 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi +14...+19 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida (2000 metrdan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: