Toshkent va Navoiyda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi 

O‘zbekiston 07:36 / 03.05.2024 1804

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Nurota tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unda, N. fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari “Mustaqillik” MFY hududidagi suv nasoslarini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 129,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Yuqori Chirchiq tuman bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, I.G. oilaviy korxonasi rahbari O.R. “Jumabozor” MFY hududidagi avtotransport vositalarini yuvish xizmati binosini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 112,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: