O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyaning Saudiya Arabistoniga amaliy tashrifi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
28-30 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan tashrif davomida delegatsiya a’zolari Saudiya Arabistonining Sharqiya mintaqasida bo‘lib, hududdagi sanoat zonalari va korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Saudi Aramco rahbariyati bilan energetika sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va ushbu sohada yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Saudiya Arabistoni energetika vaziri Shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot avvalida Abdulaziz Ol Saud joriy yil 2-3 may kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro investitsiya forumida qatnashish uchun mamlakatga borayotganini bildirdi. U tashrif doirasida qator uchrashuvlar rejalashtirilganini ma’lum qildi va ushbu muhim tadbir muvaffaqiyatli o‘tishiga ishonch bildirdi.
Uchrashuv doirasida energetika sohasidagi ilg‘or kompaniyalar tomonidan aniq yo‘nalishlar va faoliyat turlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
Mamlakat delegatsiyasi, shuningdek, Ar-Riyod shahrida bir qator Saudiya Arabistoni kompaniyalari rahbarlari bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.