Joriy yilning 2 may kuni Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi raisi – prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Yuqori martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Qirg‘iziston hukumati delegatsiyasining mamlakatga tashrifi dasturidan uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston – Qirg‘iziston hukumatlararo qo‘shma komissiyasining o‘n birinchi yig‘ilishida ishtirok etish va boshqa masalalar o‘rin olgan.