Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Yaponiya quritilgan mevalar eksportini kengaytirish to‘g‘risida kelishuvga erishdi
O‘zbekistonda yetishtirilgan quritilgan mevalar Yaponiyaning Nara prefekturasiga eksport qilinadi.

Foto: EastFruit
O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi xodimlari Nara shahriga amaliy safar davomida bir qator siyosiy, biznes va turizm sohasi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Jumladan, Nara prefekturasi assambleyasi deputati Mitsunori Sato bilan uchrashuv davomida hududlararo va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Nara prefekturasi assambleyasida "Samarqand bilan do‘stlik ligasi"ni tuzish bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekistonga safari rejalashtirilgan Nara prefekturasi gubernatori Makoto Yamashita boshchiligidagi delegatsiya tarkibiga Prefektura assambleyasi bosh spikeri va deputatlarini kiritish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Diplomatlar, shuningdek, Nara prefekturasida joylashgan jahonga mashhur Gateau des bois qandolatchilik fabrikasi rahbari Masaxiko Xayashi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Masaxiko Xayashi shu yil fevral oyida fabrika tomonidan O‘zbekistondan keltirilgan quritilgan mevalardan tayyorlangan mahsulotlar katta qiziqishga sabab bo‘lganini va ular qisqa muddatlarda sotilganini bildirdi.
Uchrashuv natijasida O‘zbekistonda yetishtirilgan quritilgan mevalar, jumladan, o‘rik, yong‘oq, mayiz va bodomni Nara shahriga eksportini kengaytirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senatning yangi tizimga e’tirozi, 103 xizmatida yangilik, hokimlarga yangi o‘rinbosar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
Rossiya va Ukrainaning Istanbuldagi uchinchi muzokaralari yakunlandi
Jahon | 00:02
-
AQSh Olimpiya qo‘mitasi transgenderlarga ayollar musobaqalarida ishtirok etishini taqiqladi
Sport | 23:22 / 23.07.2025
-
Surxon davlat qo‘riqxonasida yirik yong‘in boshlandi
Jamiyat | 23:11 / 23.07.2025
Mavzuga oid

12:04 / 23.07.2025
Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba iste’foga chiqdi - OAV

10:48 / 21.07.2025
O‘zbekistondan Britaniyaga qovun eksporti yo‘lga qo‘yildi

13:57 / 11.07.2025
O‘zbekiston ilk bor sofligi 99,9 foiz bo‘lgan reniy metallini eksport qildi

11:33 / 10.07.2025