O‘zbekiston va Braziliya o‘rtasida video-konferens-aloqa shaklida siyosiy maslahatlashuvlarning uchinchi davrasi bo‘lib o‘tdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, siyosiy maslahatlashuvlar chog‘ida O‘zbekiston-Braziliya munosabatlari kun tartibi yuzasidan fikr almashildi va yaqin kelajakda hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.
Uchrashuvda siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida hamkorlikning foydalanilmagan salmoqli salohiyatini ro‘yobga chiqarish, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, Braziliyaning yetakchi universitetlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar kun tartibidan qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va kimyo sanoatida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, turizm sohasida aloqalarni kengaytirish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish masalalari ham o‘rin oldi.
O‘zbekiston va Braziliya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar bundan 31 yil avval – 1993 yil 30 aprelda o‘rnatilgan.