Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi. Ayni daqiqalarda yalpi sessiyada prezident nutq so‘zlamoqda.
Davlat rahbari respublikadagi foydali qazilmalar masalasiga to‘xtalib o‘tdi. O‘zbekiston – mineral resurslar va muhim metallarning katta bazasiga ega mamlakat.
O‘tgan oyda Yevropa Ittifoqi bilan o‘ta muhim xomashyo sohasida strategik hamkorlik o‘rnatildi. Amerika Qo‘shma Shtatlari va Britaniya bilan ham shunday bitim ustida ish olib borilmoqda.
Bu borada zamonaviy xalqaro tajriba asosida yangi tahrirdagi “Yerosti boyliklari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinadi.
Davlat rahbari strategik xomashyolarni chuqur qayta ishlash va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish uchun yetakchi kompaniyalarni O‘zbekistonga taklif etdi.