«Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va investorlar huquqlari ishonchli himoya qilinishini kafolatlaydi» – Prezident

O‘zbekiston 13:00 / 02.05.2024 8218

Toshkentda uchinchi xalqaro investitsiya forumi boshlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev yalpi sessiyada nutq so‘zladi.

“Bizning asosiy maqsadimiz – O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirishdir”, - dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.

Qayd etilishicha, davlat bozor munosabatlarini rivojlantirishni, investorlar huquqlari ishonchli himoya qilinishini, qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishni, halol raqobat uchun yanada keng shart-sharoitlar yaratishni, xususiy mulk daxlsizligi va sud tizimining mustaqilligi ta’minlanishini o‘z zimmasiga olmoqda.

Bu tamoyillar o‘tgan yili umumxalq referendumida qabul qilingan yangi Konstitutsiyamizda qat’iy muhrlab qo‘yildi.

Ko‘proq yangiliklar: