Bo‘stonliq tumanida Mudofaa vazirligi bog‘i barpo etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mudofaa vazirligiga «Nanay» MFY hududida 10354, 10363-konturidagi davlat zaxirasidagi 500 gektar yer maydoni ajratib berildi.
Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzolagan.
Bildirilishicha, ajratilgan mazkur yer maydonida Mudofaa vazirligi bog‘i barpo etilishi belgilangan.