Rossiya Belgorod viloyatida harbiy aerodrom qurmoqda

Jahon 11:32 / 30.04.2024 4887

Mustaqil matbuot xabariga ko‘ra, Rossiya rasmiylari Belgorod viloyatida yangi harbiy aerodrom qurishni boshlagan. 29 aprel, dushanba kuni media-kompaniyalar Alekseyevka shahridan 9 km g‘arbda va Rossiya Federatsiyasi keng ko‘lamli urushni davom ettirayotgan Ukraina bilan chegaradan 75 km uzoqlikda joylashgan qurilish maydonining sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini e’lon qildi. 

Xabarlarda aytilishicha, aerodromning uchish-qo‘nish yo‘lagi uzunligi taxminan 1800 m bo‘lishi mumkin, bu Il-76 harbiy-transport samolyotlarini qabul qilish va jo‘natish imkonini beradi. 

Alekseyevka yaqinidagi yangi aerodrom 

Shu tariqa jurnalistlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan ma’lumotni tasdiqladi. Mustaqil matbuot RedIntelPanda OSINT-akkaunti ma’lumotlariga asoslangan, u shu kuni X’da Belgorod viloyatida harbiy logistika markazi qurilishi haqida yozgan edi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yil iyul oyida bu yerga yo‘l qurilgan va qish boshlanishiga qadar uchish-qo‘nish yo‘lagining sxemasi deyarli yakunlangan, aprel oyida esa yo‘l qoplamasi yotqizilgan. 

Matbuot xabariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlarining muhim logistika markazi Belgorod viloyatidagi Alekseyevkada joylashgan. 

Ko‘proq yangiliklar: