Koreyadagi korxonaga o‘zbekistonlik ishchilar jalb qilinadi

O‘zbekiston 07:51 / 30.04.2024 1632

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, mamlakatning Koreyadagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi mas’ullari hamkorlikda mazkur davlatda ishlayotgan yurtdoshlarning yashash va ish sharoitlarini doimiy monitoring qilmoqda.

Yangsan shahridagi Kyunghyun Co., Ltd. korxonasi mas’ullari va bu yerda ishlayotgan hamyurtlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, prezidentning 4 apreldagi farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi. 

Bugungi kunda Koreya davlati 16 davlatdan E-9 ishchi vizasi asosida xorijlik ishchilarni ishga jalb qilmoqda. Ish beruvchi korxona mutasaddilariga yurtdoshlar mehnat salohiyati keng targ‘ib qilinib, ishchi kuchi yetkazib berish uchun doimiy hamkorlikka tayyorlik bildirildi.

Uchrashuvda mazkur korxonadagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga aynan o‘zbekistonlik ishchilarni ishga jalb qilinishiga kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: