Taqdimotda yashovchilarga qo‘shimcha makondan foydalanish imkonini beruvchi noyob +22 konsepsiyasiga asoslangan, premium-toifadagi yangi Ellipse Garden Darhan TJM tanishtirildi.
26 aprel kuni poytaxtda Turkiyaning Ellipse Garden Darhan kompaniyasi amalga oshirgan noyob loyihalardan biri – Ellipse Garden Darhan nufuzli turar joy majmuasining tantanali taqdimoti marosimiga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. Bayramona oqshom chog‘ida mehmonlar Ellipse Garden Darhan turar joy majmuasi loyihasi bilan tanishdilar, tadbirning avj nuqtasi esa tasmani tantanali kesish marosimi va sotuvlar ofisining rasmiy ochilishi bo‘ldi. Unda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Irgashev va Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi ishtirok etdilar.
Ellipse Garden Darhan TJM – keng ko‘lamli loyiha, u biznes-markaz va mashinalardan to‘silgan hovliga ega, ko‘kalamzor og‘ushidagi to‘rtta ko‘p qavatli turar joy blokini o‘z ichiga oladi. Ellips shaklidagi bloklar vizual jihatdan ikkita bir-birini kesib o‘tuvchi cheksizlik ramziga o‘xshaydi. Loyihaning bosh arxitektori Serdar Sipahio‘g‘li bu g‘oyaga shunday izoh berdi:
“Ellipse Garden’ni loyihalashda menda savol tug‘ildi: o‘tmish va kelajakni bugungi kun bilan ideal uyg‘unlashtirgan shaharda qanday arxitekturaviy yondashuvni namoyish etish kerak? Shaharning yashillikka burkangan qalbi bilan ideal uyg‘unlikdagi dizaynni ishlab chiqishim kerakligini tushunardim. Eng qadimiy me’morchilik yodgorliklarini ko‘z oldimga keltirdim: Samarqand Registoni, Buxorodagi Minorai Kalon, Xivaning osori atiqalari. Bu o‘lmas san’at asarlari menda abadiylik, intihosiz osudalik va tuganmas hayot haqida mulohazalar uyg‘otdi. Cheksizlik ramzini chizgach, o‘z dizaynim uchun asosiy g‘oyani topganligimni tushundim”.
Loyihachilarning tasavvurlariga ko‘ra, bu majmua bir qarashda sodda, shu bilan birga ulug‘vor bo‘lib, har bir qavat turli o‘lchamda, har bir xonadon noyob xususiyatlarga ega. Binolarning joylashuvi quyosh nurlarining tushishi, shamollar “atirguli” va hatto, yonidan oqib o‘tuvchi kichik soyning mavjudligini ham inobatga olib loyihalashtirilgan. Loyihaning noyobligi shundaki, majmua rezidentlari va ularning yaqinlari ajoyib tabiat qurshovidagi ekologik qulay manzilda yashashlari uchun loyihaga ajratilgan jami 30 000 kv.m. maydonning 20 000 kv.m qismi mutlaqo yashil hudud va landshaft dizayniga ajratilgan. Shu tariqa, obro‘li TJM atrof-muhitga maksimal darajada integratsiyalangan va yonida joylashgan shahar park hududlarining falsafasini davom ettiradi.
To‘rtta 21 qavatli turar joy bloklaridagi alohida apartamentlar sotishga qo‘yilgan. Bir xonalidan besh xonaligacha bo‘lgan, 34 kv.m.dan to 180 kv.m.gacha maydonga ega xonadonlar turli oilalar ehtiyojiga muvofiq keladi. Ellipse Garden Darhan TJMning yana bir eksklyuziv xususiyati – Ellipse Effect bo‘lib, u rezidentlarga maxsus imkoniyat: 22 ta qo‘shimcha jamoat maskanlaridan foydalanish imkonini beradi. Xonadon sotib olib, bir vaqtning o‘zida siz massaj, tuz va fitnes xonalari, kinozal va musiqa xonasi, san’at xonasi, kafe, sauna, basseyn va boshqa ko‘plab maskanlarga kirish imkoniga ega bo‘lasiz. “+22” konsepsiyasi – bu noyob arxitektura yondashuvi bo‘lib, u har qanday xonadonni hashamatli, keng qasrga aylantiradi, u yerda har bir detal siz uchun hayotda yanada kengroq makon ochishni o‘ylab maxsus ishlab chiqilgan.
Loyihalash va “tayyor holida” qurilish ishlari, shuningdek elektr montaji, mexanik-yig‘uv ishlari, qayta tiklanuvchan energiya yo‘nalishlarini qurilish sektorining yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lmish “Koch Group” tarkibiga kiruvchi Turkiyaning yarim asrlik tajribaga ega “Koç Construction” kompaniyasi o‘z zimmasiga olgan.
Abadiylikni aks ettiruvchi turar joy majmuasi poytaxt markazida joylashgan, lekin, qaysi qavatda turishingizdan qat’i nazar, tabiat bilan uyg‘unlikda yashashni hisobga olgan holda loyihalashtirilgan. Bloklar atrofini jamoat makonlari o‘rab turadi, ular ijtimoiy muloqot, dam olish, sport bilan shug‘ullanish, bolalar o‘yinlari va ko‘ngil ochish uchun imkoniyatlar eshigini ochadi. TJMdagi ko‘chmas mulk sohiblari va mehmonlar uchun 900 ta mashinaga mo‘ljallangan avtoturargoh quriladi.
Ellipse Garden Darhan TJM va apartamentlar xarid qilish to‘g‘risidagi tafsilotlar bilan sotuvlar ofisida quyidagi telefon orqali tanishish mumkin: (+998) 88-800-77-77.
Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Asaka ko‘chasi, 52
Sayt: ellipsegarden.uz
Instagram: @ellipsegarden
Reklama