Toshkent aeroporti yangi samolyot buksirlarini foydalanishga qabul qildi

O‘zbekiston 14:53 / 29.04.2024 6356

Aerodrom buksiri - bu havo kemalarini shatakka olib yurish uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan yuk mashinasi. Xususan, samolyotlar mazkur transport vositasi yordamida uchish-qo‘nish yo‘lagiga, turish joyiga, terminalga yoki texnik xizmat ko‘rsatish uchun angarga yetkaziladi

Buksir yordamida samolyotning perronda aniq joylashishini ta’minlash, aviatsiya yoqilg‘isini tejash va dvigatelning ishlash muddatini uzaytirish, shuningdek, samolyotlarni aeroport ichida harakatlantirishda xavfsizlikni ta’minlashga yordam beradi.

Uzbekistan Airports kompaniyasi maxsus transport parkini yangilash va modernizatsiya qilish bo‘yicha tizimli ishlar olib bormoqda. 

Jumladan, aerodrom majmuasini tozalash uchun yangi universal mashinalar, samolyotlarni muzdan tozalash mashinalari, samolyot tashuvchi transport, dvigatellarni yerda ishga tushirish qurilmalari, samolyot saloni uchun havo konditsionerlari va boshqalar xarid qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: