Rossiyadan deportatsiya qilingan 6 nafar farzandli ayolga yordam ko‘rsatildi

O‘zbekiston 23:44 / 29.04.2024 4485

Rossiyaning Qozon shahri sudi qarori bilan O‘zbekistonga deportatsiya qilingan 6 nafar farzandli ayolga yordam berildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Qayd qilinishicha, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol (N.Q.) 20 yil avval doimiy yashash uchun Qozon shahriga ko‘chib borgan, ammo yong‘in oqibatida uning pasporti yonib ketgan. Oqibatda Rossiyada hech qanday hujjatsiz yashagan. Bu vaqt davomida 6 nafar farzandi tug‘ilgan. 5 mart kuni Qozon shahri sudi qarori bilan ayol va farzandlari O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

Shundan so‘ng, Rossiyaning Tatariston Respublikasi Bolalar ombudsmani ayol va farzandlari Toshkent shahrida boshpanasiz va mablag‘siz qolgani yuzasidan O‘zbekiston Bolalar ombudsmaniga yordam so‘rab murojaat qilgan.

O‘zbekiston Bolalar ombudsmani vaziyat yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi uchun IIV va Ijtimoiy himoya milliy agentligiga so‘rov yuborgan.

Ta’kidlanishicha, aprel oyida ayol va uning farzandlariga ko‘mak ko‘rsatilib, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa maishiy ehtiyojlari ta’minlangan. Oilaga vaqtincha boshpana berilgan. Shuningdek, bir qancha hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Bolalar ombudsmani xabariga ko‘ra, Qozon shahri sudining deportatsiyaga oid qarorini yuqori instansiyada qayta ko‘rilishida oilaga huquqiy ko‘mak ko‘rsatilishiga oid muzokaralar olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: