Qatar Airways Doha-Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston 07:41 / 29.04.2024 2586

O‘zbekiston elchisi Ashraf Xo‘jayev Qatar Airways kompaniyasi bosh ijrochi direktori Badr Muhammad Al-Miyr bilan uchrashuv o‘tkazdi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida davlatlararo to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, kargo tashuvlarini amalga oshirish, zamonaviy aviaxizmatlar sohasida tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.

Badr Muhammad Al-Miyr O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida ikki tomonlama do‘stona aloqalar jadal rivojlanib borayotganini ta’kidlab, ushbu munosabatlarni shakllantirishda davlatlarni bog‘lab turadigan aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish juda muhim ekanligiga e’tibor qaratdi.

"Rejalarimiz va umidlarimiz ulkan. Dastlab haftasiga 4 marta, keyinchalik esa kunlik ravishda havo qatnovlarini amalga oshirishni rejalashtirganmiz", – deya ta’kidlagan u.

Bundan tashqari, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar orqali o‘zaro turistlar oqimi va ikki tomonlama savdo hajmlari ham oshib borishi urg‘ulandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar shu yilning 2 iyun kuni Doha-Toshkent-Doha aviaqatnovining tantanali ochilish marosimini o‘tkazishga kelishib oldi.

Ko‘proq yangiliklar: