2024 yil yanvar-mart oylarida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 33 090 ta yuridik shaxs tomonidan 2,1 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan.
Shundan 262,8 mlrd so‘mi, ya’ni 12,1 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi qariyb 2,8 trln so‘m, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 18,1 mlrd so‘m.
Eng ko‘p soliq to‘lagan 20 ta korxona tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
- QQS - 133,4 mlrd so‘m;
- JShODS - 41,6 mlrd so‘m;
- foyda solig‘i - 40,8 mlrd so‘m;
- ijtimoiy soliq - 32,6 mlrd so‘m;
- mol-mulk solig‘i - 8,8 mlrd so‘m;
- yer solig‘i - 5,2 mlrd so‘m;
- boshqa soliqlar - 0,3 mlrd so‘m.