Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi

O‘zbekiston 14:11 / 27.04.2024 20162

O‘zbekiston respublika ijro hokimiyati organlari Yangi Toshkent shahri hududiga ko‘chiriladi. 3 oy muddat ichida bu borada takliflar ishlab chiqilishi kerak.

Bu – “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida belgilandi.

Qarorga ko‘ra, Yangi Toshkent shahrini barpo etish ishlarini muvofiqlashtiruvchi kengash (raisi – bosh vazir Abdulla Aripov) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini Yangi Toshkent shahri hududiga ko‘chirish, ularning ma’muriy binolaridan samarali foydalanish va ularni sotishdan tushadigan mablag‘larni ushbu hududda ma’muriy binolarni barpo etishga yo‘naltirish yuzasidan 3 oy ichida taklif kiritishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 2023 yil mart oyida, Yangi Toshkent loyihasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida aytib o‘tgan edi.

Davlat rahbari davlat idoralari ham bosqichma-bosqich Yangi Toshkentga ko‘chib borishi, ularning hozirgi binolari o‘rnida mehmonxonalar, xizmat ko‘rsatish va savdo obektlari ochilishini ma’lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: