Asialuxe Travel shahar hayotidan zerikkanlarga Karlovi Vari toza havosidan bahra olishni taklif qilmoqda

Jamiyat 16:35 / 27.04.2024 5519

Asialuxe Travel milliy turoperatori toza havo, stressdan xalos bo‘lish va xotirjamlik muhiti uchun Toshkentdan to‘g‘ridan to‘g‘ri reys orqali Karlovi Variga jo‘nab ketishni taklif qilmoqda.

Shahar hayotidan charchadingizmi? Oxirgi vaqtda kamayib qolgan toza havodan nafas olishni istaysizmi? Stressdan qanday xalos bo‘lish yoki sog‘ligingizni qanday tiklashni bilmayapsizmi? Asialuxe Travel ushbu savollarning javoblarini topish mumkin bo‘lgan Karlovi Variga jo‘nab ketishni taklif qiladi.

Har nafas olishda toza havo

 

Oxirgi vaqtda har birimiz toza havo qanchalik muhim va qadrli ekaniga amin bo‘ldik. Aynan Karlovi Varida havo juda toza. Ko‘plab o‘rmonlar va massivlar nafaqat shaharni bezatib turadi, balki havoni ham doimiy tozalaydi. Kurort hududining yashil markazi hisoblanadigan Slavkov qo‘riqxonasi alohida e’tiborga loyiq. Qo‘riqxonadagi havo kislorod bilan to‘yingan va toza, bu o‘pka va nafas olish yo‘llari holatiga ijobiy ta’sir qiladi, shuningdek, organizmni tozalash va mustahkamlashga yordam beradi. Bu yerda siz havodagi gaz va chang nima ekanini unutasiz.

Sokinlik va xotirjamlik burchagi

Tabiatda sayr qilish sokinlik va xotirjamlik dunyosiga sho‘ng‘ishga imkon beradi. Bu yerda kundalik tashvishlar va shahar shovqinini esdan chiqarib, har bir lahzadan zavqlanish va atrof-muhit dunyosi bilan hamohanglikka sho‘ng‘ish mumkin.

Organizmni sog‘lomlashtirish

Karlovi Vari katta yoshdagilar uchun sog‘likni tiklash va qator kasalliklar profilaktikasi uchun eng yaxshi joylardan biri deb tan olingan. Aynan shu sababli yil sayin farzandlar ota-onalari hamda bobo va buvilariga sovg‘a qilayotgan yo‘llanmalar miqdori ko‘paymoqda. Kurortda turli kasalliklar, shu jumladan stress va hatto onkologik kasalliklarni davolashga kompleks yondashuvlar taklif qilinadi. Davolanishdan yaxshi natija olish uchun mutaxassislar u yerda kamida ikki hafta bo‘lishni tavsiya qiladi. Bunday davr organizmga muolajalarga moslashishga va tiklanishga imkon beradi.

Viza bo‘yicha yordam

Chexiyaga tashrif buyurish uchun «shengen» vizasi talab qilinadi, Asialuxe Travel bu borada ham yordam beradi. Turoperator mijozlari uchun viza markazida alohida joylar mavjud: bo‘sh joylarni ko‘p kutishingiz va uzoq navbatda turishingiz kerak bo‘lmaydi.

Yevropaga yo‘l

Karlovi Varidan tashqari Yevropaning boshqa shaharlariga ham borishni istaydiganlar uchun Asialuxe Travel kombinatsiyalangan turni tashkillashtirishga yordam beradi. Kompaniya mutaxassislari siz uchun safar va ekskursiyalarning individual dasturini tuzib beradi.

Toshkentdan Karlovi Variga birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys 23 mayga rejalashtirilgan. Parvozlar Uzbekistan Airways laynerlarida amalga oshirilib, bortda issiq ovqat taqdim etiladi.

Asialuxe Travel safar vaqtida qulay yashash uchun quyidagi mehmonxonalarni taklif qiladi:

· BRISTOL PALACE 4* 16,9 mln so‘mdan boshlab

· ANGLICKY DVUR 3* 17 mln so‘mdan boshlab

· ASTORIA 4* 18,4 mln so‘mdan boshlab

· KARLSBAD GRANDE MADONNA 4* 19,6 mln so‘mdan boshlab

· HOTEL PREZIDENT 4* 22,4 mln so‘mdan boshlab

Narxlar ikki kishili joylashuv asosida bir nafar voyaga yetgan kishi uchun ko‘rsatilgan. Narxga Toshkent – Karlovi Vari – Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri parvoz, transfer, mehmonxonada yashash, konsepsiya bo‘yicha ovqatlanish va tibbiy sug‘urta kiradi.

Kompleks turistik to‘plamlar mamlakatning barcha turistik agentliklarida mavjud.

Turistik to‘plamlar va tur tashkillashtirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotni asialuxe.uz sayti yoki +998 71 201 77 77 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

Facebook: fb.com/asia.luxe.travel

Instagram: @asialuxe.travel

Telegram: t.me/asialuxe

Qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: