Tadbirkorlik rivoji uchun qo‘yilgan yana bir qadam

O‘zbekiston 11:46 / 26.04.2024 9579

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 30 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6017-son farmoniga asosan O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, zamonaviy kasb-hunarlar, raqamli iqtisodiyot ko‘nikmalarini puxta egallashlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta’minlash jarayonlariga ko‘maklashish, yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqeyini oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish, xorijda ta’lim olayotgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilab berilgan.

Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 25-26 aprel kunlari “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi boshchiligidagi O‘zbekiston tadbirkorlari delegatsiyasi Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil qilingan “MUSIAD investitsiyalar forumi” da ishtirok etdi.

Shuningdek “MUSIAD investitsiya forumi”da 300 dan ortiq turkiy tilli davlatlar yetakchi tadbirkorlari, innovatorlar, yirik investorlar, yosh tadbirkorlar va boshqa yirik kompaniyalar vakillari, turkiy tilli davlatlar davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari ham qatnashdi.

Forum doirasida dunyoda rivojlanayotgan tendensiyalar, yangicha imkoniyatlar va global miqyosdagi muammolar bo‘yicha maslahatlashuvlar, davlatlar o‘rtasida savdo aloqalarini rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish, investitsiyalar, startaplar va zamonaviy ishlab chiqarish yo‘nalishlarida seminarlar tashkil qilindi,  tadbirkorlar o‘rtasida yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazildi.

Umuman olganda, “MUSIAD investitsiya forumi”da Turkiya davlatidan investitsiyalar va texnologiyalar jalb qilish, shuningdek, Turkiyaga investitsiya kiritish istagidagi tadbirkorlar va umuman turkiy tilli davlatlar vakillari bilan hamkorlik, savdo-sotiq, investitsiyalar va startaplar yo‘nalishlarida aloqalarini o‘rnatish istagidagi tadbirkorlar ishtirok etdi.

Forum:

– kimyo, metallar va qazilma metallar ishlab chiqarish;

– qurilish va qurilish materiallari ishlab chiqarish;

– raqamli texnologiyalar;

– energiya mahsulotlarini ishlab chiqarish;

– moliyaviy, konsalting xizmatlar, ta’lim xizmatlari;

– qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish;

– mebel ishlab chiqarish;

– sog‘liqni saqlash yo‘nalishi;

– logistika;

– to‘qimachilik va charm mahsulotlarini ishlab chiqarish;

– ishlab chiqarish texnologiyalari kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oldi.

Ko‘proq yangiliklar: