Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Namangan viloyati Uychi tumanidagi 6-son tergov hibsxonasi hududida Jazoni ijro etish departamentining o‘quv poligonini tashkil etilishi belgilanmoqda. Uning asosiy vazifasi etib xodimlarning xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini muntazam oshirib borish bo‘ladi.
Poligonni 2025 yil 31 dekabrga qadar qurib bitirish topshirig‘i berilgan.
Shuningdek, kiritilayotgan o‘zgartirishlar bilan jazoni ijro etish muassasalarining DUKlarni tashkil etish vakolatlari bekor qilinmoqda: endilikda jazoni ijro etish muassasalari xo‘jalik yurituvchi boshqa sub’yektlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritish huquqiga ega.