2024 yil 15 maydan boshlab, yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdi chiptalari narxi ekonom klass uchun 20 foizga, biznes klass uchun 30 foizga, VIP klass uchun 40 foizga oshiriladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» xabar berdi.
Qayd qilinishicha, chiptalar narxi «temir yo‘l infratuzilmasini isloh qilish, elektr-energiya, yoqilg‘i, logistika va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish maqsadida» oshirilmoqda.
Chiptalarning yangi narxlari quyidagicha bo‘ladi:
«Toshkent — Buxoro» yo‘nalishida:
- VIP 890 ming so‘m;
- Biznes 600 ming so‘m;
- Ekonom 403 ming so‘m;
«Toshkent — Qarshi» yo‘nalishida:
- VIP 747 ming so‘m;
- Biznes 507 ming so‘m;
- Ekonom 338 ming so‘m;
«Toshkent — Samarqand» yo‘nalishida:
- VIP 554 ming so‘m;
- Biznes 358 ming so‘m;
- Ekonom 244 ming so‘m.