Toshkent viloyatidan Yangi Toshkentga o‘tadigan ko‘chmas mulk obektlari miqdori ma’lum qilindi 

O‘zbekiston 18:34 / 24.04.2024 5201

Toshkent viloyatidan Yangi Toshkent hududiga o‘tayotgan umumiy obektlar soni 19 723 tani tashkil etmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, Yangi Toshkent hududiga 18773 ta turar-joy, 891 ta noturar joy, 52 ta ko‘pqavatli uy o‘tadi. 

Jumladan, Yuqori Chirchiq tumanidan 6556 ta, O‘rta Chirchiq tumanidan 3167 ta obekt o‘tkaziladi. 

Toshkent shahri tarkibida Yangi Toshkent tumani tashkil etilishi haqida 2023 yil noyabr oyida xabar berildi. Shuningdek, 500 ming aholiga mo‘ljallangan Yangi Toshkent shahri Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida barpo etilishi aytildi.  

2023 yil 18 mart kuni Shavkat Mirziyoyev «Yangi Toshkent» loyihasi qurilishiga tamal toshini qo‘ydi. 2024 yil aprel oyida Yangi Toshkent shahrida bir qancha obektlar qurilishini boshlab berdi. 

Ko‘proq yangiliklar: