Joriy yilning 22 aprel kuni O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Malayziyada qiyin ahvolga tushib qolgan fuqaro vatanga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 5 aprel kuni elchixonaga Samarqand viloyatida istiqomat qilayotgan fuqaro S.X. murojaat qilib, uning 2010 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan farzandi X.S. qonuniy vakillarsiz hamda Malayziyada bo‘lib turish qonun-qoidalarini buzgan holda Kuala-Lumpur shahrida murakkab vaziyatda qolib ketganini bildirgan.
Diplomatik vakolatxona tomonidan X.S.ga O‘zbekistonga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirib berildi va unga Malayziya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya departamenti tomonidan mamlakatni tark etish uchun maxsus ruxsatnoma olishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Natijada, joriy yilning 22 aprel kuni X.S. buvisi hamrohligida Batik Air aviakompaniyasining "Kuala-Lumpur – Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha aviareysi bilan O‘zbekistonga qaytarildi.