Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi-2024. O‘zbekiston Vetnam bilan o‘yinda kambek ko‘rsatib, yarimfinalga yo‘llanma oldi

Sport 21:18 / 24.04.2024 12393

Xose Venansio Lopes shogirdlari Vetnamga qarshi o‘yinda 34-daqiqagacha hisobda ortda qolgan bo‘lsa-da, so‘nggi 6 daqiqada O‘zbekiston Elbek To‘lqinov va Sunnatilla Jo‘rayevning gollari evaziga kambek ko‘rsatdi – 2:1.

Shu tariqa, O‘zbekiston ketma-ket 4-marta Osiyo kubogida yarimfinalga yo‘llanma oldi va final yo‘llanmasi uchun kurashda 26 aprel kuni Eronga qarshi maydonga tushadi.

Qayd etish joiz, vakillarimiz JCh-2024 mezboni ekani sababli O‘zbekistonning yarimfinalga yo‘l olishi ortidan chorakfinal bahslarida mag‘lub bo‘lgan Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Iroq va Vetnam Osiyo qit’asi uchun JCh-2024ga ajratilgan 5-yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun pley-off o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Avvalroq, Tojikiston, Eron, Tailand yarimfinalga yo‘llanma olib, JCh-2024da ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgandi. Turnir 14 sentabrdan 6 oktyabrga qadar O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.

Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi-2024. 1/4 final
O‘zbekiston – Vetnam – 2:1
Gollar:
 Elbek To‘lqinov 34, Sunnatulla Jo‘rayev 39 – Nguyen Tin 17.
O‘zbekiston: 12. Abbos Elmurodov, 4. Ixtiyor Ropiyev, 6. Ilhomjon Hamroyev, 9. Elbek To‘lqinov, 14. Samariddin Berkinov.
Zaxira: 1. Sunnatjon Anvarov, 2. Fazliddin Botirov, 3. Mashrab Odilov, 5. Sunnatulla Jo‘rayev, 7. Dilshod Rahmatov, 10. Akbar Usmonov, 11. Abror Axmetzyanov, 13. Mehroj Xudoyberdiyev
Vetnam: 1. Xo Van, 4. Chau Doan Pat, 7. Nguyen An Duy, 10. Nguyen Tin Pat, 12. Tu Min Kuang.

Yarimfinal setkasi bilan tanishing:

Ko‘proq yangiliklar: