AQSh kiberhujumlar tufayli Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Jahon 07:54 / 24.04.2024 2742

AQSh Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Vashingtondagi Moliya vazirligining 23 aprel, seshanba kuni tarqatgan bayonotiga ko‘ra, to‘rt nafar jismoniy shaxs va ikki kompaniya Eron harbiylari nomidan «zararli kiberfaoliyat bilan shug‘ullangani» uchun sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.

Kiberhujumlar Amerikaning o‘ndan ortiq kompaniyalari va rasmiylariga qarshi qaratilgan bo‘lib, Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) kiberqo‘mondonligi buyrug‘i bilan amalga oshirilgan, deya ta’kidlaydi AQSh Moliya vazirligi.

To‘rt eronlikka qarshi sanksiyalardan tashqari, AQSh Adliya vazirligi va Federal tergov byurosi (FTB) ularni Amerika tashkilotlariga qarshi qaratilgan zararli kiberfaoliyatda rasman aybladi, deyiladi Adliya vazirligi bayonotida.

O‘tgan hafta AQSh va Britaniya Isroilga havo hujumiga javoban Tehronga qarshi keng qamrovli yangi sanksiyalar kiritdi. Eronning dron va raketa ishlab chiqarish dasturi, Tehrondagi Mudofaa vazirligi va IIMK sanksiyaga uchradi.

Ko‘proq yangiliklar: