YeIK O‘zbekistonga savdoni osonlashtirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqishda yordam beradi

Jahon 14:12 / 23.04.2024 2088

Nashrda ta’kidlanishicha, salohiyatni oshirish bo‘yicha qator tadbirlar doirasida YeIK BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti bo‘yicha maxsus dasturiga (SPECA) a’zo davlatlar, Xususan, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonida bo‘lgan O‘zbekistonga savdoni osonlashtirish va ta’minot zanjirlaridagi axborot oqimlarini raqamlashtirishda yordam ko‘rsatmoqda.

"YeIK O‘zbekiston bilan savdoni osonlashtirish bo‘yicha hamkorlikning o‘n yillik tajribasiga tayanib savdoni osonlashtirish bo‘yicha milliy "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqishga ko‘maklashmoqda. Bu YeIK ko‘magida tayyorlangan va SPECA’ga a’zo davlatlar rahbarlari tomonidan 2023 yilgi sammitda qabul qilingan BMT huquqiy hujjatlari va standartlaridan foydalangan holda Transkaspiy transport yo‘lagi bo‘ylab multimodal ma’lumotlar va hujjatlar almashinuvini raqamlashtirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ni amalga oshirishning bir qismidir", – deyiladi maqolada.

Maqolada qayd etilishicha, O‘zbekiston tomoni taklifiga ko‘ra, 2024 yil 29 mart kuni Toshkent shahrida YeIK tomonidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Transport vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda multimodal ma’lumotlarni raqamlashtirish va hujjat almashish bo‘yicha standartlarini qo‘llash yuzasidan salohiyatni oshirish mavzusida seminar tashkil etdi.

YeIK O‘zbekistonga savdoni osonlashtirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni yakunlashda yordam berdi. Ushbu jarayon doirasida O‘zbekistonda ma’lumotlar va hujjatlarni multimodal almashish uchun CeFACT standartlarini joriy etish bo‘yicha bir nechta ishchi guruhlar tuzildi. Jarayon shu yilning yozida yakuniga yetishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: