Xotin-qizlar uchun "IT Star" tanlovi o‘tkaziladi

O‘zbekiston 17:26 / 23.04.2024 2948

IT ta’lim uyushmasi qoshidagi IT Ladies hamjamiyati homiylari bilan birgalikda IT va unga yondosh sohalar bo‘yicha faqat qizlar uchun mo‘ljallangan "IT Star" tanlovi boshlanmoqda.

Unda O‘zbekistonda yashovchi 12 yoshdan oshgan ayol va qizlar mutlaqo bepul ishtirok etishi mumkin. Iqtidorli loyiha menejerlari, marketolog, dasturchi, grafik dizayner, IT rekruter hamda IT sohasi bilan bog‘liq har qanday yo‘nalishda faoliyat yuritadiganlar (jurnalistlar, yurist, talaba, o‘quvchi, tadqiqotchi, muhandis va boshqalar) taqdirlanishi belgilangan.

Tanlovga ro‘yxatdan o‘tish 1 maydan boshlanadi. G‘oliblar 40 ta nominatsiyada 11 may kuni taqdirlanadi.

Qatnashmoqchi bo‘lganlar anketalarni to‘ldirishi talab etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: