Ukraina Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbari Solskiy korrupsiyada gumon qilinmoqda

Jahon 15:13 / 23.04.2024 2666

Ukraina agrar siyosat va oziq-ovqat vaziri Nikolay Solskiy 291 million grivnaga teng yerni egallab olgani va yana 190 million grivnaga teng yerni egallab olishga uringanlikda gumon qilinayotgani haqida ma’lumot berildi, deb xabar qildi 23 aprel, seshanba kuni Ukraina OAV Ukraina Milliy antikorrupsiya byurosi (UMAB) va Korrupsiyaga qarshi ixtisoslashgan prokuraturadagi (KQP) manbalarga tayanib.

«Oliy rada agrar qo‘mitasining sobiq rahbari, amaldagi vazir 291 million grivna qiymatidagi davlat yerlarini tortib olganlik va yana 190 million grivnaga teng yerni tortib olishga uringanlikda gumonlanmoqda», — dedi suhbatdoshlar. Korrupsiyaga qarshi idoralar gap aynan kim haqida borayotganini ochiqlamadi, ammo manbalarga ko‘ra, bu - Nikolay Solskiy. 

Solskiyga yaqin manbaning aytishicha, u advokatlik bilan shug‘ullangan vaqtda - 2017-2018 yillardagi epizodlarda gumon qilinyapti. Solskiy boshchiligidagi guruhga Davlat geokadastr organlarining mansabdor shaxslari va ushbu organlar faoliyatini nazorat qiluvchi kuratorlar kirgan. 

Ko‘proq yangiliklar: