Siyerra-Leonening O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi

O‘zbekiston 10:28 / 23.04.2024 1275

"Siyerra-Leone Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Muhammad Yongavo janoblarini qutlashdan va uning ishonch yorliqlarini qabul qilishdan mamnunmiz", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. 

Qayd etilishicha, ikki tomonlama aloqalarni boyitish uchun hali foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjud. 

Baxtiyor Saidov elchiga mamlakatdagi faoliyati davomida barcha sohalardagi keng imkoniyatlarni o‘rganishda muvaffaqiyatlar tilagan.

O‘zbekiston va Siyerra-Leone o‘rtasida 2023 yil 28 aprelda diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan edi. Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Siyerra-Leonening BMTdagi doimiy vakillari tomonidan qo‘shma kommyunike imzolandi. Siyerra-Leone Respublikasi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 143-davlat bo‘lgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: