O‘zbekistondagi eng yirik telekanal Ledokol Group reklama xoldingining tavallud kuniga bag‘ishlangan video reportajni taqdim etdi.
Mijozlarning katta portfeli, o‘zgarishlarga shay xodimlar, biznes-vazifalarini yangi sharoitlarga moslashtirish — bularning barchasi ishlash va kamol topish uchun barqaror platformani ta’minlaydi. Bozor o‘zgarishlariga qanday bekgraund moslashishga yordam berishi, o‘zbek reklama bozori qanday ko‘rinishga ega ekanligi, hamda qanday yangi formatlar va hamkorlar agentlikka yanada kengroq ko‘lamga erishishiga yordam berishi haqida Ledokol Group reklama xoldingi direktori, — Dilshod Muzaffarov so‘zlab berdi.
— Ledokol Group xoldingining tashkil topganiga 16 yil bo‘ldi, unda qanday muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi va u rivojlanishda qanday davom etmoqda?
Bizning kompaniyamiz 16 yil avval tashkil topgan. O‘shnda biz eng oliy darajadagi reklama xizmatlarini ko‘rsatish va nafaqat O‘zbekiston, balki dunyoning boshqa yetakchi davlatlaridan kelgan mijozlar bilan ishlashga qaror qilgan edik va aynan shunday bo‘ldi.
Bugungi kunda Ledokol Group — bu, mamlakatdagi yetakchi reklama agentligi bo‘lib, samarali reklama vositalaridan foydalangan holda yirik brendlarga o‘z savdolarini oshirishga yordam ko‘rsatadi. Biz media strategiyasini ishlab chiqish va TV, Internet hamda OONda reklama xizmatlarini taqdim etamiz. Shuningdek, 2023 yildan buyon Ledokol Group — OMD Group ning O‘zbekistondagi hamkori hisoblanadi.
— Bozordagi o‘zgarishlarga to‘xtasak, O‘zbekistondagi joriy kundagi reklama bozorini qanday baholaysiz? U qayerga tomon xarakatlanyapti? 2023 yil oxiriga kelib qanday o‘zgarishlarni aytib o‘tishingiz mumkin? Biznes nuqtai nazaridan nimalar sodir bo‘ldi?
O‘zbekiston reklama bozori nihoyatda diversifikatsiyalanmoqda. Agar ilgari makroiqtisodiy darajada jadal iqtisodiy rivojlanish kuzatilmagan bo‘lsa va amalda raqobat bo‘lmagan bo‘lsa, hozir ko‘plab iqtisodiy sohalarda tektonik siljishlarning guvohi bo‘lmoqdamiz. Iste’molchining xatti-harakati ham, odatlari ham, reklama beruvchilarning faolligi ham o‘zgarmoqda. Xulq-atvor omili biznesning ko‘plab sohalarida, jumladan, mediada faollikning oshishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Joriy kundagi bozor elektron tijorat ishtirokchilari, fintex va ekotizim mahsulotlarining ekspansiyasi bilan tavsiflanadi.
Bunday sharoitda biz agentlik sifatida bozorga moslanib munosabat bildiramiz va transformatsiya bo‘lmoqdamiz — biz nafaqat media, balki perforansqismini ham qamragan holda keng ko‘lamli vazifalarni o‘z zimmamizga olishni boshlamoqdamiz.
— O‘zgaruvchan bozor sharoitida agentlikka ko‘lamlarni kengaytirishda qanday bekgraund yordam ko‘rsatmoqda?
Turli omillar, jumladan, top-menedjyerlarimizning kuchli yetakchiligi, maqsadni to‘g‘ri belgilash, innovatsiyalar va resurslardan samarali foydalanish, iqtidorli xodimlarni jalb qilish vaularni saqlab qolish, imkoniyatlarni malakali boshqarish, mahsulot va xizmatlarni doimiy ravishda takomillashtirish kabi omillar bizga yordam beradi. Bizning xodimlarimiz o‘zgarishlarga tayyor va doimiy ravishda o‘z bilimlarini takomillashtirib boradilar, o‘qimoqdalar, yangi vositalarni sinovdan o‘tkazmoqdalar, shuningdek, biz o‘z mijozlarimizni ham o‘qitamiz va ular uchun maxsus tadbirlar o‘tkazamiz.
— Bizni qanday trendlar va o‘zgarishlar kutmoqda?
Biz raqamli mahsulotlarning ulkan o‘sishini, farmatsevtika faoliyatining kengayishini, FMCG toifasidagi iventlarga, BTL va boshqa klassik bo‘lmagan media kanallariga ko‘proq e’tibor berishni, shuningdek, omnikal joylashtirish strategiyalarining o‘sishini bashorat qilamiz. Bozordagi ma’lumotlarning yetarli emasligi rivojlanish yo‘lidagi katta to‘siq bo‘lishi mumkin, ammo biz agentlik sifatida bunga ham moslashamiz va o‘z iste’molchilik tadqiqotlarimizni olib boramiz, xususan, yaqinda biz yirik strategik marketing agentligi bilan hamkorlikda Butun O‘zbekiston auditoriyasining ommaviy axborot vositalaridan foydalanishi bo‘yicha keng ko‘lamli tadqiqot — geografiyasi, jinsi, yoshi va daromadi bo‘yicha taqsimlangan deyarli 5000 kishini qamrab oldi. Yuzaga kelgan katta hajmdagi ma’lumotlar mijozlarimizga eng samarali yechimlarni taklif qilishimizga yordam beradi.
— O‘zbekiston bozorida reklamaning o‘ziga xos qanday xususiyatlari bor va u qo‘shni davlat bozorlaridan nimasi bilan farq qiladi?
O‘zbekiston bozorida ma’lumotlar yetishmasligiga tayyor bo‘lish va auditoriyaning media iste’molini hisobga olishga ishonch hosil qilish kerak – O‘zbekiston hali ham TVga yo‘naltirilgan bozor, ammo o‘ziga xos maqsadlar uchun boshqa media kanallar ham juda mos keladi. TVda joylashtirish narxlarining oshishi, shuningdek, tashqi reklamada yagona sotuvchi va monitoringning yo‘qligi hisobga olish zarur. Samarali Digital-kampaniyalarni ishga tushirishda auditoriya cheklanganligini va Performance kampaniyalari puxta tayyorgarlik va tahlilni talab qilishini hisobga olish kerak.
*OMD Group (Omnicom ning qismi) — 2022 yil natijalariga ko‘ra (RECMA & AdAge) eng yirik xalqaro reklama agentligidir. RECMA (media agentliklari bo‘yicha xalqaro mustaqil tadqiqotagentligi) tomonidan 1-raqamli agentlik deyae’tirof etilgan: reytingda nafaqat global billinglarning eng yuqori o‘sishi, balki agentlik tarmog‘ining hajmi, yutib olingan tenderlar soni, mukofotlar va boshqalar hisobga olingan.
Telefon: +998 (90) 315-00-03
Sayt: ledokolgroup.com