Ikki hududda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi

O‘zbekiston 07:38 / 23.04.2024 2911

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, B.F. MChJ rahbari I.F. fuqaro X.T.ga jami 180 dona Reduksin va Fatzorb nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, savdo do‘konidan yana 432 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, departamentning Bektemir tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda “Sharq” YPX postida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, Lacetti rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, yo‘lovchi Ye.M.ning yonida 34 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi va 10 gramm “Pregabalin” nomli modda borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: