Volgogradda maktab o‘quvchilari avtomatdan otish va dron uchirishni o‘rganmoqda. Urush suratlari

Jahon 17:07 / 22.04.2024 7870

Ukrainada urushning 788-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • AQSh Senati Ukrainaga harbiy yordam to‘g‘risidagi qonun loyihasini 23 aprel kuni ko‘rib chiqadi.
  • The New York Times nashri AQShdan qurollarning ilk partiyasi Ukrainaga qonun loyihasi qabul qilinganidan bir necha kun o‘tib yetib borishini yozdi.
  • ISW ekspertlari taxmin qilishicha, rossiyalik harbiylar Ukraina AQSh yordami yetib kelguniga qadar kuchsizligidan foydalanib qolish uchun o‘z hujumlarini kuchaytiradi.
  • Politico nashri AQSh Ukrainaga qo‘shimcha harbiy maslahatchilar yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini xabar qildi.
  • Anneksiya qilingan Sevastopol ma’muriyati rossiyalik harbiylar o‘z kemalaridan biriga uyushtirilgan hujumni qaytargani haqida ma’lum qildi. Ukraina harbiy-dengiz kuchlariga ko‘ra, hujum vaqtida RF Qora dengiz flotining «Kommuna» nomli qutqaruv kemasi shikastlangan.
  • RF mudofaa vazirligi Rossiya qo‘shini Donetsk oblastidagi Bogdanovka qishlog‘ini egallaganini ma’lum qildi.

Donetsk oblastida Ukraina gaubitsasi

Ukrainaga g‘arblik ittifoqchilar yetkazib bergan qurollar ro‘yxatida 155-mm kalibrli M777 gaubitsasi ham bor. Ukraina qurolli kuchlari bu quroldan frontning barcha uchastkalarida, jumladan Donetsk oblastida ham foydalanadi.

M777 gaubitsalari Ukraina QK Desant-shturm qo‘shinlari 148-alohida artilleriya brigadasi ixtiyorida ham mavjud
Serhii Nuzhnenko / Radio Free Europe / Radio Liberty / Reuters / Scanpix / LETA
148-alohida artilleriya brigadasi 2015 yilda tuzilgan (o‘shanda u Ukraina qurolli kuchlarining alohida gaubitsali-artilleriya divizioni deb atalgan). Uning jangchilari Donetsk aeroporti uchun kechgan janglarda ham qatnashgan
Serhii Nuzhnenko / Radio Free Europe / Radio Liberty / Reuters / Scanpix / LETA
Hozirda 148-brigada harbiylari, Ukraina qurolli kuchlarining boshqa bo‘linmalari qatori, RF qo‘shini yurish qilishga urinayotgan Donetsk oblastida mudofaalanmoqda
Serhii Nuzhnenko / Radio Free Europe / Radio Liberty / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkiv oblastida ukrain-isroil ko‘ngillilar tashkiloti faoliyati

Ukrainaning front yoqasidagi hududlarida, muntazam otishmalarga va infratuzilmalar vayron bo‘lganiga qaramay, odamlar yashashda davom etmoqda. Ularga yordam ko‘rsatish uchun Ukraina va Isroil tashabbuskorligida FRIDA Ukraine nomli shifokor ko‘ngillilar tashkiloti tuzilgan. FRIDA polyaklarning NKO Polska Misja Medyczna tashkiloti bilan birgalikda mobil klinikalar faoliyatini yo‘lga qo‘ygan, ularda shifokorlar ko‘ngilli asosda urushdan jabrlangan aholi yashash manzillarini aylanib chiqmoqda.

FRIDA Ukraine ishtirokchilaridan biri Bogdan Avramenko 2023 yil kuzida RFI uchun intervyusida ko‘ngilli shifokorlarning front chizig‘i yaqinidagi ishini shunday tasvirlagandi: «Biz doimiy ravishda vayron bo‘lgan kasalxonalarda bemorlarni qabul qildik. U yerlarda faqat birinchi qavat qisman va shifoxonalar yerto‘lalaridagi bombapanalar yoki uy atrofidagi qaysidir joylar butun qolgan bo‘lishi mumkin. Odamlar odatda shunday yerlarda yashashadi». 2024 yil aprel oyi o‘rtalarida olingan suratda FRIDA Ukraine shifokorlari Xarkiv oblastining Slatino qishlog‘ida aks etgan
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ddp / Vida Press
Slatino Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshida Rossiya qo‘shini tomonidan egallab olingan va faqat 2022 yil bahorida ozod etilgan. «Bu yerda bosqinga qadar yashagan 6,5 ming kishidan hozirda faqat 200 ga yaqin kishi qolgan», — deb xabar bergan o‘shanda Xarkiv oblasti rahbari Oleg Sinegubov. U «dushman boy posyolkani xarobazorga aylantirgani»ni qo‘shimcha qilgan. Sinegubovning ta’kidlashicha, Ikkinchi jahon urushini boshdan kechirgan vokzal ham vayron bo‘lgan. 2024 yil 16 aprelda olingan fotoda Slatinodagi vokzal aks etgan
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ddp / Vida Press
«Odamlar ko‘p vaqt boshpanada qoladi, ular kunlab, haftalab u yerdan chiqishmaydi. Shundan keyin ular tibbiy yordam olishmaydi va kasalliklar kuchayadi. Tibbiyotchilar bunday holatda „dekompensatsiyalangan patsiyentlar“ iborasini ishlatishadi. Ya’ni oddiy kasalliklar, masalan, arterial gipertenziyaga chalingan bemorlar. Ammo kerakli yordamsiz kasallik rivojlanib, u og‘ir ahvolga tushishi mumkin», — deydi Bogdan Avramenko ozod etilgan aholi yashash punktlaridagi ish haqida. 2024 yil 16 aprel kuni olingan fotoda FRIDA Ukraine shifokorlari qabuliga kirishni kutayotgan slatinoliklar aks etgan
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ddp / Vida Press
FRIDA Ukraine davolanishga muhtoj bo‘lgan aholi vakillarini evakuatsiya qilish bilan ham shug‘ullanadi. Ammo, Avramenkoning qayd etishicha, odamlarni, ayniqsa «keksa yoshli» bemorlarni uylarini tark etishga ko‘ndirish qiyin. «Tushuntirish ishlaridan keyin patsiyentlar odatda rozi bo‘lishadi, ammo ularni ko‘ndirish uchun juda ko‘p vaqt va kuch ketadi. Ular uyga qayta olmasliklaridan, kimdir uylarini tunab ketishidan, dushman zarbasi kelib tushishi va hech narsasiz qolishidan qo‘rqishadi», — deya hikoya qilgan u
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ddp / Vida Press

Volgograddagi «VOIN» markazida mashg‘ulotlar

Rossiya hukumati Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan keyin maktab o‘quvchilari va talabalarni «harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash»ga kirishgan. Xususan, 2023 yil mayidan RFning 12 regionida «VOIN» nomli Yoshlarni harbiy sportga tayyorlash va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash markazi ishlamoqda. Tashkilot saytida aytilishicha, markaz Rossiya jang san’atlari ittifoqi ko‘magida tashkil etilgan, uni tuzish g‘oyasini RF prezidenti qo‘llab-quvvatlagan. «VOIN» bo‘limlari boshqa regionlarda ham, jumladan Volgograd oblastida ochilgan.

Aprel oyida Volgogradda sovet ittifoqi qahramoni A.M. Chislov nomidagi «Yosh lochin» sport maktabi bazasida «VOIN» bo‘limi ochildi
Kirill Braga / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
Markaz saytida aytilishicha, mashg‘ulotlar dasturida — «pilotsiz uchish apparatlarini boshqarish, aloqani tashkillashtirish, birinchi yordam ko‘rsatish ko‘nikmalari, yong‘in asoslari, taktik va muhandislik tayyorgarligi, Rossiya milliy xavfsizligi asoslari» o‘rin olgan.
Kirill Braga / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
«Mashg‘ulotlarni aksari harbiy harakatlar ishtirokchisi bo‘lgan instruktorlar olib boradi. Ularning barchasi maxsus kasbiy qayta tayyorlash dasturini o‘zlashtirib, kerakli malakaga ega bo‘lishgan», — deyiladi Volgograddagi bo‘lim ochilishi haqidagi xabarda
Kirill Braga / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
«VOIN»dagilar hisoblashicha, Yoshlarni harbiy sportga tayyorlash va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash markazida olingan bilimlar «qanday kasbni tanlashdan qat’i nazar kerak bo‘ladi»
Kirill Braga / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
«Vladimir Vladimirovich Putin vazifa qo‘ygan — yangi avlod vatanparvarlarini tarbiyalashni — biz uni bajaryapmiz», — degan 2024 yil aprel oyida «VOIN» markazining Volgograddagi bo‘limi direktori Igor Vorobyov
Kirill Braga / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
Ko‘proq yangiliklar: