O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ta’til 2024 yil 22 apreldan boshlanadi.
Bundan oldin 2023 yil 4 dekabr kuni qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqandi.
Shuningdek, davlat rahbari 2022 yil 5 yanvar kuni mehnat ta’tiliga chiqqan va 7 yanvar kuni ishga qaytgan edi.
Shavkat Mirziyoyev prezident lavozimidagi faoliyati davrida beshinchi marta rasman mehnat ta’tiliga chiqmoqda.