Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jurnalda quyi o‘rinda turuvchi o‘quvchilar pastroq bahoga o‘qiydimi? – tadqiqot
Agar maktabda doim past bahoga o‘qigan bo‘lsangiz, bu sizning intellektingiz yomonligidan darak bermasligi mumkin. Yangi tadqiqotga ko‘ra, jurnalda qaysi o‘rinda ekanligingiz, olayotgan bahongizga ta’sir qiladi. Alifbo tartibida jurnalning pastki o‘rinlarida turadigan o‘quvchilar ko‘proq yomon baho oladi.

Foto: Shutterstock
Michigan universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, alifbo tartibi bo‘yicha jurnalda quyiroq o‘rinda turadiganlar pastroq bahoga o‘qishadi. Bundan tashqari, ular o‘qituvchidan bajargan vazifalari uchun ko‘proq qo‘pol izoh olishadi. Tadqiqot hammualliflaridan biri Helen Vangning qayd etishicha, o‘qituvchilar o‘zlari bilmagan holatda sodir etadigan bu harakat real ijtimoiy ta’sir keltirib chiqaryapti.
Tadqiqot davomida 30 mlndan ortiq o‘quvchilarning baholangan ishlari tadqiq qilindi. Baholangan ishlar Canvas platformasi orqali topshirilgan bo‘lib, bu platforma onlayn ta’limni boshqarishning eng keng tarqalgan usullaridan biri hisoblanadi. Muhimi shundaki, Canvas o‘qituvchilarga ishlarni o‘quvchilarning familiyalariga qarab alifbo tartibida jo‘natadi. Va tadqiqot o‘qituvchilar ko‘plab ishlarni tekshirgani uchun baholash sifati tushib borganini ko‘rsatdi.
Ingliz alifbosida A,B,C,D va E bilan familiyasi boshlanadigan o‘quvchilar 100 balli tizimda 0,3 ballga yuqoriroq baho olishgan.
Aksincha, familiyasi alifboda quyida joylashgan o‘quvchilar 0,3 ballga pastroq baho olishgan.
Garchi bu 0,6 balli farq unchalik katta bo‘lmasa-da, tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, vaqt o‘tishi bilan bu nomutanosiblik o‘quvchilarning o‘rtacha baholariga va hatto ularning kelajakdagi karerasiga ham ta’sir qilishi mumkin.
Bahoning pasayib borishi sababi noaniq, lekin tadqiqotchilar bunga o‘qituvchilarning alifbodan pastga tushgani sari, ya’ni ko‘proq ishlarni tekshirishgani sayin charchashlari va asabiylashishlari sabab bo‘lishi mumkin deb hisoblamoqda.
Odam bir narsa ustida uzoq ishlasa, tabiiyki, charchaydi, diqqatini yo‘qota boshlaydi va uning kognitiv qobiliyati sustlashishni boshlaydi. O‘qituvchilarda ham shu holat kuzatilgan bo‘lishi mumkin.
Tadqiqot mualliflari baholashda adolatsizlik bo‘lmasligi uchun tekshirishni alifbo tartibida emas, aralash tarzda olib borishni tavsiya qildi. Kattaroq ta’lim muassasalari esa o‘qituvchilarning charchoq hissini kamaytirish uchun ko‘proq o‘qituvchi ishga olishgani ma’qul.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

10:37 / 12.06.2025
Dunyodagi mojarolar soni 1946 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

18:47 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi

23:06 / 01.06.2025
Germaniyada maktab o‘quvchilariga «erta pensiya» tayinlash taklifi ilgari surildi

13:18 / 12.05.2025