Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston davlat chegara o‘tkazish punktlarida davlat nazoratidan o‘tkazish tartibotlari takomillashtirilishi munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
O‘zgarishlarga muvofiq:
bojxona hamrohligidagi kuzatuv uchun bojxona yig‘imlarini transport vositasi bojxona hamrohligiga olingandan so‘ng ham to‘lash mumkin;
chegara o‘tkazish punktlarida undirilishi belgilangan chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston hududiga kirganini va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imni bojxona hududida to‘lash mumkin bo‘ladi.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.04.2024 yildan kuchga kirdi.