Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston Kuvaytni tor-mor etib, muddatdan avval keyingi bosqichga yo‘l oldi

Osiyo kubogi U23 2-turi doirasidagi D guruhida o‘tkazilgan ikki uchrashuvdan so‘ng pley-offga yo‘llanma olgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekiston olimpiya jamoasi «Al-Janub» stadionida Kuvaytga qarshi o‘tgan uchrashuvda yirik hisobda zafar quchdi. Alibek Davronov, Muhammadqodir Hamraliyev, Hojimat Erkinov, Diyor Xolmatov va Husayn Norchayev tomonidan kiritilgan gollar Temur Kapadze jamoasiga yirik hisobli g‘alabani keltirdi – 5:0. Norchayev 90+4-daqiqada yana bitta penaltidan foydalana olmadi.
Guruhdagi ikkinchi o‘yinda esa Vetnam Malayziyadan ustun keldi – 2:0.
Shu tariqa, O‘zbekiston va Vetnam 2-turdan keyin 6 ochkodan to‘plab, muddatdan avval chorakfinal yo‘llanmasini naqd qildi. Vakillarimiz 3-turda 23 aprel kuni Vetnamga qarshi maydonga tushib, birinchi o‘rin masalasini hal qiladi.
Osiyo kubogi U23. 2-tur
Kuvayt – O‘zbekiston – 0:5
Bosh hakam: Hanna Hattab (Suriya)
VAR: Sivakorn Pu Udom (Tailand)
Foydalanilmagan penalti: Husayn Norchayev, 90+4 (darvozabon).
Gollar: Alibek Davronov 32, Muhammadqodir Hamraliyev 49, Hojimat Erkinov 55, Diyor Xolmatov 86 penalti, Husayn Norchayev 90+5.
Kuvayt: 1.Abdulrahmon Al Fadhli, 2.Muhsin G‘arib (14.Solih Al Mahtab, 88), 4.Yusuf Al Hoqon, 5.Abdulrahmon Ad-Daihani, 6.Xolid Al Fadhli, 8.Fahad Al Fadhli (12.Hamad Al Tavil, 58), 10.Hussayn Muhsin, 11.Abdulrahmon Karam (13.Sulton Al Faraj, 21), 18.Montaser Al Abdulsalom, 19.Jarah Al Hiloli (9.Salmon Muhammad, 46), 21.Abdulrahmon Al Rashidi (20.Mutaz Al Enazi, 58).
O‘zbekiston: 12.Vladimir Nazarov, 3.Zafarmurod Abdurahmatov, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 6.Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (2.Saidazamat Mirsaidov, 60), 7.Hojimat Erkinov, 9.Ulug‘bek Hoshimov (20.Ruslanbek Jiyanov, 60), 10.Jasur Jaloliddinov (8.Ibrohim Ibragimov, 68), 17.Diyor Xolmatov, 18.Alibek Davronov (16.Asadbek Rahimjonov, 68), 19.Husayn Norchayev, 23.Abdurauf Bo‘riyev (15.Umarali Rahmonaliyev, 78).
Chetlatish: Hamad At-Tavil 71 (K).
Guruh jadvalidagi vaziyat:
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevroparlament Ukraina tinch aholisini qiynoqqa solganlarni jazolashga chaqirdi
Jahon | 07:52
-
O‘zbekiston 5 oyda qariyb 10 mingta elektromobil import qildi
O‘zbekiston | 07:47
-
CNN: Hegset Oq uyni xabardor qilmasdan Ukrainaga yordamni to‘xtatgan
Jahon | 07:40
-
Bundestag stipendiyasi dasturida O‘zbekiston yoshlari soni ko‘paytiriladi
O‘zbekiston | 07:39
Mavzuga oid

00:12 / 04.05.2024
Parij-2024. O‘zbekiston guruh bosqichini Ispaniyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi

22:43 / 03.05.2024
Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston finalda Yaponiyaga mag‘lub bo‘lib, ketma-ket ikkinchi marta qit’ada ikkinchi o‘rinni egalladi

21:14 / 29.04.2024
Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston Indoneziyani mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk marta Olimpiadaga yo‘llanma oldi

18:22 / 29.04.2024