AQSh Vakillar palatasi Rossiya aktivlarini Ukrainaga berish haqidagi qonunni ma’qulladi

Jahon 23:09 / 20.04.2024 8622

AQSh Kongressining Vakillar palatasi Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukraina foydasiga foydalanishga doir qonun loyihasini qabul qildi.

Qonun loyihasi, shuningdek, milliy xavfsizlik ustuvorliklarini, jumladan, Eronga qarshi sanksiyalar, Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukraina foydasiga musodara qilish va TikTok ijtimoiy tarmog‘ini butun mamlakat bo‘ylab taqiqlashga olib keladigan choralarni o‘z ichiga oladi. Qonunni 360 kongressmen yoqladi: 186 respublikachi va 174 demokrat.

Qonun loyihasi, xususan, ijro hokimiyatiga Rossiyaning Qo‘shma Shtatlarda saqlanayotgan muzlatilgan aktivlarini musodara qilish va Ukrainaga berish imkoniyatini nazarda tutadi. Natijada Ukraina taxminan 8 milliard dollar olishi mumkin.

Endi qonun loyihasi AQSh Senati tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: