Toshkent shahri hokimligi aholini Bektemir tumanidagi ayrim geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash uchun ovoz berishda ishtirok etishga chaqirdi.
Qayd qilinishicha, geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahri komissiyasiga Bektemir tumani hokimligining tuman hududidagi ayrim geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha takliflari kelib tushgan.
Toshkent shahri hokimligi «Geografik obektlarning nomlari to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, aholini Bektemir tumanidagi ayrim geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash yuzasidan o‘z fikrini bildirishga taklif qilmoqda.
Aholi fikri veb-sayt orqali onlayn tarzda, og‘zaki ravishda, yozma ravishda yoki elektron pochta manziliga xat yuborish yo‘li bilan qabul qilinmoqda.
Takliflar 27 aprelgacha qabul qilinadi.